"Real" himoyaçisi Serxio Ramos "Sevilya"ga qarşi öyinda belidan olgan jarohati tufayli jarrohlik stoliga yotqizilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, "Sevilya" bilan bölgan öyinda Ramos akrobatik uslubda gol uriş çoğida belidan jarohat olgandi.

Şifokorlarning aytişiça, uning safga qaytiş muddati kamida 6 haftagaça çözilişi mumkin.

Qayd etiş kerakki, yozgi transferlar vaqtida katta şov-şuvlarga sabab bölgan Ramos (u köproq maoş taklif qilgan "MYu" safiga ötib ketmoqçi bölgandi) oxir-oqibat Madridda qolgan, lekin mavsum boşidan kiçik jarohat olgan va aksar öyinlarda iştirok eta olmagandi. U joriy mavsumda ötkazilgan 11 turdan 6tasida maydonga tuşgan.