Tailand şimoli-şarqidagi Surin viloyatida dunyodagi eng baland böyli inson sifatida qayd etilgan 26 yoşli Pornçay Saosri vafot etdi. Uning böyi balandligi 2 metru 69 santimetrni taşkil etardi.
Mahalliy naşrlar ma'lumotlariga köra, Pornçay köplab kasalliklardan aziyat çekardi. U kasalxonada olamdan ötgan. Tailandning eng novça odami oxirgi yillarda töşakka mixlanib qolgandi. U keyingi 1 yil içida 72 kg vazn taşlagan, 12 santimetrga çözilgan.
Uşbu "tailandlik Gulliver"ning onasining aytişiça, uning öğli 6-sinfgaça odatdagi bolalar kabi bölgan. 6-sinfdaligida esa u bağoyatda tez ösa boşlagan. Unda kuçli gormon yetişmovçiligi kuzatilgan.
Saosrilar oilasi öta noçor ahvolda yaşaydi va dehqonçilik bilan şuğullanişadi. Ularning bor boyligi - şoli ekiladigan 1 ga yer va 4ta hökizdan iborat. 1 oy oldin mahalliy naşrlarda Pornçay Saosri murojaati çop etilganidan keyin, uning uçun xayriya mablaği yiğila boşlandi. 1 oy içida 100 ming bat yiğilgan (2,8 ming dollar). Bu pullar yigitning davolanişi uçun sarflaşga möljallangandi, lekin endi bu pullar uning dafn marosimi uçun sarflanadi.
Surin viloyatidagilar Pornçayni dunyoning eng baland böyli kişisi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritişni maqsad qilişgandi, biroq bunga ulgurişmadi. Ayni vaqtda Ginnes kitobida Yer yuzining eng novça kişisi sifatida turkiyalik Sulton Kesenning nomi qayd etilgan (251 sm).






