Bir muddat ilgari IŞID tarkibiga qöşiliş maqsadida Suriyaga yöl olib, Çeçenistonda qölga tuşgan rossiyalik qiz, Moskva Davlat universiteti talabasi Varvara Karaulova Moskva şahar sudida ötayotgan eşitişlar çoğida öziga qöyilayotgan ayblovlarni tan oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“U aybini töla hajmda tan olmoqda”, - dedi sudya söroq bayonnomasini öqib eşittiriş çoğida.
Ilgariroq uning otasi Pavel Karaulov guvohlik çoğida qizining asosiy motivi ekstremistik qaraşlar emas, muhabbat bölganini da'vo qilgan edi.






