Braziliya poytaxti Brazilia şahridan San-Pauluga yöl olgan xususiy samolyot halokatga uçradi.
Zero Hora naşrida ma'lum qilinişiça, Cessna 650 Citation VII rusumli tijoriy samolyot bortida 2 uçuvçi va 2 yölovçi bor edi. Ularning taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.
Braziliya HHK ma'lumotiga köra, halokat samolyot parvozga çiqqanidan 25 daqiqa ötib yuz bergan.
Voqea joyiga qutqaruvçi guruhlar jönatilgan.






