Eron huquq-tartibot muassasalari 40 dan ortiq jangarini qölga oldi, ulardan yarmi Iroq va Suriyaga bormoqçi bölgan, deb xabar bermoqda Eron razvedkasi vaziri Said Mahmud Alaviyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Alaviy taqdim qilgan ma'lumotlarga köra, hibsga olişlar Eronning şimoliy viloyatlari Guliston va Mazindiran, janubiy viloyati Xuziston hamda şarqiy viloyatlari Siston va Balujistonda ötgan.
“Hibsga olinganlar mintaqadagi kam rivojlangan mamlakatlardan kelgan yollanma jangarilardir”, deb aytdi Alaviy.
Ma'lumotlarga köra, IŞID jangarilarining miqdori 2015 yilning yarmida 80 mingga yaqinni taşkil qilgan, ulardan 50 mingi Suriyada va 30 mingi Iroqda harakat qilmoqda. Bu miqdor ba'zi davlatlarning harbiylari soniga tengdir. Jangarilar orasida 30 mingga yaqin xorijiy jangaribor. Ulardan köpçiligi Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikadan kelgan.






