Land Rover kompaniyasi Range Rover Evoque krossoverining seriyali tarzda işlab çiqariluvçi Rover Evoque Convertible usti oçiq versiyasini taqdim qildi. Yangi model Range Rover oilasida birinçi kabriolet böldi.

Krossover matoli Z-simon mexanizmga ega yiğiluvçi tom bilan jihozlandi, u orqa örindiqlar orqasiga yiğiladi. Tomning yiğilişi va kötarilişi töliq avtomatlaştirilgan. Tom 18 soniya içida yiğiladi va 21 soniyada kötariladi. Buni soatiga 48 km tezlik bilan amalga oşiriş mumkin.

Tomning qanday holatda ekanligidan qat'i nazar Range Rover Evoque’ning yukxonasi hajmi 251 litrni taşkil qiladi. Maşinaning qattiq tomli beş eşikli modifikatsiyasida yukxona hajmi 575 litrni, uç eşiklisida esa 550 litrni taşkil qiladi.

Usti oçiq yöltanlamas ağdariliş ehtimoliga qarşi yölovçilarni himoyalaş tizimi bilan jihozlandi. U ikkita alyuminiy balkadan iborat bölib, avtomobilning orqa qismidagi kuzov elementlari tagiga yaşirilgan. Bu balkalar maşina ağdariliş xavfi yuzaga kelganda 90 millisoniya içida taşqariga çiqib, yölovçilarning maşinadan uloqtirilişi oldini oladi.

Range Rover Evoque Convertible modeli yangi 10,2 dyuymli sensorli ekranga ega InControl Touch Pro multimedia tizimi, töliq privod, boşqaruvçi elektronika iş rejimlarini özgartiruvçi tizim Terrain Response bilan jihozlangan.

Kompaniya yangi modelni Ingenium oilasiga mansub, benzin yoki dizel yonilğida işlovçi ikkita tört silindrli dvigatel bilan taklif etadi. Benzinli dvigatelning quvvati 240 ot kuçini, dizelliniki esa 180 ot kuçini taşkil qiladi. Ikkala motor ham 9 poğonali ZF avtomatik uzatmalar qutisi bilan juftlikda işlaydi. Range Rover Evoque Convertible 2016 yilning bahoridan 170 ta davlatda sotuvga çiqariladi.






