Nalçikda IŞID terrorçilik taşkilotining mahalliy bölinmasi boşliği Robert Zankişiyev yöq qilindi. Bu haqda 10 noyabr kuni Kabardino-Balkariya kuç tuzilmalari manbasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Olib borilgan maxsus operatsiya vaqtida Zankişiyevning rafiqasi yarador bölgan. Ayol uzoq davom etgan muzokaralardan söng taslim bölgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida halok bölgan va yaradorlar yöq.

2015 yilning 3 avgust kuni Kabardino-Balkariya poytaxtida olti kişidan iborat jangarilar guruhi yöq qilingan edi. Yana bir xuddi şunday guruh şaharda 23 iyul kuni yöq etilgan edi.