9 noyabr kuni AQŞning Nyu-Jyersi ştatidagi Kolduell şahrida asli şotlandiyalik barabançi, The Beatles guruhining "Love me do" qöşiği mualliflaridan biri bölgan Endi Uayt 85 yoşida olamdan ötgan. Reyter naşrida yozilişiça, uning ölimiga miyaga qon quyilişi sabab bölgan.
"Beşinçi bitl" deb nom olgan uşbu barabançi 1930 yilning 27 iyulida Şotlandiyaning Glazgo şahrida tuğilgandi. 1962 yilda u The Beatles guruhiga "Love me do" va "P.S. I Love You" qöşiqlarini yoziş jarayonida iştirok etiş uçun taklif qilingandi. U öşanda Ringo Starrni almaştirgan. Öşanda, 1962 yilning 12 sentabrida u Londondagi Abbey Road studiyasiga kelgan va 3 soat davomida baraban çalgan. Unga bu işi uçun 5 funt sterling tölangan.
"Beşinçi bitl" guruhning "Please Please Me" nomli albomi yaratilişida ham iştirok etgani taxmin qilinadi.

U 1964 yilda britaniyalik qöşiqçi Lulu bilan Shout qöşiğining yozilişida birga işlagan, 1 yil ötib esa Tom Jonsning It's Not Unusual qöşiğida iştirok etgan. Keyinçalik uşbu barabançi Marlen Ditrix, Bert Bakarak va Rod Styuard kabi qöşiqçilar bilan hamkorlik qilgan.






