Braziliya terma jamoasi boş murabbiyi Dunga Argentina terma jamoasiga qarşi JÇ-2018 saralaşi doirasida ötkaziladigan uçraşuva oldidan jurnalistlar bilan gaplaşdi va öz intervyusida Neymar dunyoning eng yaxşi hujumçisi ekanini aytib ötdi.
Braziliyalik mutaxassisning sözlariga köra, Neymar sönggi vaqtda öyinini sezilarli darajada östirişga erişgan.
"Neymarning "Vilyarreal" darvozasiga urgan golini körganimda, "nega terma jamoa safida ham şunday çiroyli gollardan urmaydi" deya öylab qoldim. Hazil. Neymar ajoyib futbolçi. U terma jamoa uçun hamişa zarur futbolçi. U Argentina bilan öyinda çiroyli bölmasada, gol urişini istayman.
Neymar “Barselona”da kundan-kunga öyinini rivojlantirib borayapti. Neymar tanqidçilarning oğzini yopib, "Barselona"da Messisiz ham yaxşi öynay olişini isbotladi. Kimlardir uning salohiyatini yerga urişga intilgandi. Ammo heç kimni afsonaviy Pele bilan taqqoslab bölmaydi. U – istisno.
Aytiş mumkinki, ayni vaqtda u Kriştianu Ronaldudan ham Lionel Messidan ham özib ketgan. Buni uning statistikasi va raqamlar orqali tasdiqlaş mumkin. U juda foydali öynayapti. Messining jarohati bor. Kriştianu Ronaldu ötgan yilgi sermahsullini körsata olmayapti.
Argentina bilan böladigan öyin uçun tarkibni aniqlab oldim. Braziliya terma jamoasidagi futbolçilar brazil xalqining öz farzandlari. Xalq öz farzandlariga jahl qilmasligi kerak. Futbolçilar hamişa özlarini haqiqiy braziliyaliklar sifatida his qilib öynaşadi", – deydi Dunga.
Ma'lumot uçun, 23 yoşli Neymar joriy mavsumda La Liganing 10ta öyinida maydonga tuşib, 11ta gol urdi.






