“Formula-1” poygalari böyiça amaldagi jahon çempioni “Mersedes” klubi piloti Lyuis Hemilton Monakoda yöl transport hodisasiga uçragan. Biroz oldinroq uning Braziliya Gran-Prisida iştirok etmasligi mumkinligi xabar qilingandi.
Hemilton duşanba kuniga belgilangan matbuot anjumanini ham bekor qilgan.
"Men şunçaki ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölişini istamadim. Hozir özimni yaxşi his qilmayapman. Bundan taşqari, biroz oldin (10 noyabr) Monakoda kiçik YTH yuz berdi. Lekin bu jiddiy hodisa emas.
Bu hodisadan heç kim şikastlanmadi, lekin maşinamni urib oldim. Men öşa vaziyatda yöldagi boşqa avtomobilga töqnaşib ketgandim. Hozir özimni yaxşi his qilmoqdaman. Şifokorlar Braziliyaga yöl olişimga ruxsat berişdi", deydi Hemilton ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.






