Özbekiston 3 xalqaro yölkani birlaştiradi
Toşkentdagi “Özekspomarkaz”da XII xalqaro “Transport va logistika – TransUzbekistan 2015” körgazmasi iş boşladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” naşri yozmoqda.
Ixtisoslaşgan ekspozitsiya çoğida köplab yirik transport va logistika kompaniyalari öz salohiyatlarini namoyiş qiladi.
“Bu sohada xalqaro körgazmaning ötkazilişi bizning mamlakatda yaxşi an'anaga aylanib qolgan, bu Özbekiston, şuningdek, Osiyo, MDH, Boltiqböyi, YeI va boşqa mintaqalar mamlakatlaridan taşrif buyurgan ekspertlar diqqatini tortadi, - dedi Özbekiston xalqaro ekspeditorlar uyuşmasi direktori Davron Hamroyev.
– Bu tadbir özining dolzarbligini köp bora isbotlab berdi va oxirgi 10 yil içida transport va logistika biznesi rivojlanişining mintaqaviy masalalarini muhokama qiliş uçun ajoyib maydonçaga aylandi”.
Körgazma ötkazilgan yillar davomida unda 15 davlatdan taşrif buyurgan 250 kompaniya vakillari iştirok etdi.






