Futbol böyiça Argentina terma jamoasi şifokori Omero De Agostinoning fikriga köra, «Barselona» klubi hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionatining eng muhim qarama-qarşiligi bölmiş «El-klasiko»ni ötkazib yuborişi kerak.
«Messi «El-klasiko»da öynaydigan darajada tayyor bölişiga şubha bilan qaramoqdaman. Luis Enrike kimdir uni tuzalgan deyişiga işonib ketavermasligi kerak. Muammo futbolçining töp bilan muomalada bölayotganida yana bir marta jarohatlangan joyning qözğalişi mumkinligida. Men uning jismoniy jihatdan muammosi borligiga işonmayman, muammo futbol amaliyotida.
Albatta nima bölgan taqdirdayam Messi bu Messi, unga yana özining futbol ritmiga tuşib oliş zarur», — deydi De Agostino Cadeno SER naşriga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, oldinroq, Messi mustaqil ravişda yugurib, töp bilan muomala qilişni boşlagani va 21 noyabr kuni «Real»ga qarşi uçraşuvda maydonga tuşiş mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.






