Jahon bozorlarini neft va metall narxlarining tuşişi bilan boğliq yangi xavf qamrab olmoqda. Investorlar bu holat Xitoy iqtisodiyotining kelgusida yanada sekinlaşiga olib kelişidan xavotir olişmoqda.

Xususan, mis narxi 2009 yildagi eng past körsatkiçni qayd etgan. 13 noyabr kuni Şanxaydagi şartnomalarda mazkur metall narxi payşanba kundagi 4823,50 dollar örniga 4816 dollarga sotilgan. Mis iqtisodiy körsatkiçlar barqarorligi ölçovi hisoblanib, sönggi 5 haftadan buyon ketma-ket tuşişda davom etmoqda.

Brent nefti London birjasidagi savdolarda (10.00da) bir barreli 44,12 dollarni taşkil etgan. WTI nefti esa Nyu-York tovar birjasidagi savdolarda 0,16 dollarga tuşib, 41,59 dollarni taşkil etgan. Bu esa hafta boşidan beri 6 foizlik tuşişni bildiradi.