"Real" jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu 2015 yilgi mavsumning eng yaxşi öyinçisi uçun beriladigan "Oltin töp" mukofotiga kim sazovor bölişi haqidagi taxminini bildirib ötdi.

U Argentina termasi va "Barselona" jamoasi hujumçisi hisoblanadigan Lionel Messi bu mukofotga hammadan köproq munosibligini ta'kidlab ötgan.

"Rostini aytsam, bu safar "Oltin töp"ni Messi olişi kerak. Albatta, sen öz jamoang bilan YeÇLda va Primerada ğolib bölsang, öz-özidan bu yutuqni yutiş uçun köproq imkoniyatga ega bölasan. Agar sen öz faoliyatingdagi eng yaxşi mavsumni ötkazsang va hammadan köproq gol ursangu, jamoang bilan eng yaxşi natijalarni körsata olmasang, senga köp ovoz berişmaydi. Bu safargi mukofotni qölga kiritişim qiyin. Lekin bu meni xavotirga solmaydi. Bunday mukofotdan uçtasini olib bölganman.

Messi bilan raqobatlaşamanmi? Men heç kim bilan raqobatlaşmayman. Xususan, Messi bilan yaxşi aloqalarga egaman. Biz 8 yil davomida u bilan FIFA sahnalariga birga çiqib kelamiz. Ötmişda bunday holat kuzatilmagan. U bir jamoa uçun öynaydi, men boşqa jamoa uçun öynayman. U juda köp ğalabalarga erişgan. Men ham köplab ğalabalarga erişganman. Men u bilan juda yaqin döstmiz, deya olmayman, lekin biz döstona munosabatdamiz", deydi Ronaldu ITV kanaliga bergan intervyusida.