Gollivud aktyori Leonardo DiKaprio sintetik olmoslar işlab çiqaruvçi Diamond Foundry kompaniyasi bilan startap boşladi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.

Martin Rosxayzen tomonidan asos solingan Nanosolar kompaniyasi sintetik olmos işlab çiqişni rivojlantiriş texnologiyalarini joriy etgani bois, ötgan olti oy davomida 500 million dollar sarmoya qölga kiritdi. Kompaniya asosçisining sözlariga köra, yangi texnologiya elektron çiplar va quyoş batareyasi tarjribasi asosida işlab çiqilgan. Yangi texnologiyalar asosida olmos işlab çiqariş bilan Rosxayzenning yangi kompaniyasi — Diamond Foundry şuğullanadi.

Aktyor Leonardo DiKaprio Silikon vodiysi vakillari bilan birga yangi startapni yölga qöydi. Uning fikriça mazkur kompaniya sabab tabiiy olmos qazib olişda atrof-muhitga yetadigan zarar ma'lum bir miqdorda kamayadi.