Simbe Robotics kompaniyasi dökon peştaxtalarida barça mahsulotlarning yetarliça miqdorda mavjudligi ortidan nazorat olib boruvçi robotni yaratdi, deb xabar bermoqda MIT Technology Review naşri.
Dökon peştaxtalarini skaner qiluvçi Tally nomli yangi robot xaridorlarni quruq qöl bilan qoldirmaydi. Robot dökon stellajlari orasida harakatlanib, ularni mahsulotlar bilan tölğazib boradi. Robot ixtiroçilarining aytişiça, robot riteylerlarga milliardlab dollar tejaşga imkon beradi, çunki u stellajlarni odamdan köra tezroq nazorat qila oladi.
Robot ğildirakli asosda harakatlanadi va dökon peştaxtalarini barça mahsulotlarning mavjudligiga skanerlaydi, mahsulotlarning miqdori, ularning omborda bor-yöqligi va körsatilgan narxning töğriligi haqida ma'lumot töplaydi.
“Texnik nuqtai nazardan robotning istiqboli porloq körinadi”, deb aytdi Karnegi-Mellon universiteti professori Manuela Velozu.






