Samsunğning smartfonlar uçun eng yangi flagman protsessori Exynos 8 Octa 8890 rasman namoyiş qilindi. Protsessor 10 foizga oşgan tejamkorlikda 30 foizlik işlab çiqariş unumdorligini berişga va'da beradi. Samsung aynan şu protsessorni yangi Galaxy S7 smartfoniga örnatişi taxmin qilinmoqda.
14-nanometrli FinFET texnologik jarayoni yordamida işlab çiqariluvçi 64 bitli yangi protsessorning özidan avvalgi, Galaxy S6 smartfonida işlatiluvçi S6 Exynos 7420 protsessoridan bir qator muhim farqlari bor. Bunday farqlardan eng asosiysi – Samsung tomonidan mustaqil işlab çiqilgan Mongoose yadrosining işlatilişidir. Bunday yadrolardan protsessorda 4 ta, yana törtta ARM Cortex-A53 yadrosi işlatilgan.
Samsunğning ta'kidlaşiça, Samsung Coherent Interconnect (SCI) maxsus texnologiyasi hisoblaş yadrolarining ikki klasteri örtasida birgalikda samaraliroq işlaşni ta'minlaydi, bu esa 10 foiz energiya tejaşga imkon beradi. Bundan taşqari, birinçi marta Samsung protsessorida modem örnatildi. Modem 12/13 toifadagi LTE texnologiyani qöllab-quvvatlaydi hamda operator imkoniyat berganda 600 mBit/s tezlikda ma'lumotlar qabul qilişni, 150 mBit/s tezlikda ma'lumotlar yuborişni ta'minlaydi.
Grafikaga ARM tomonidan işlab çiqilgan Mali T880 tezlaştirgiçi javob beradi. U 12 ta yadroga ega. 4K gaça (4096x2160 piksel) körsatiş qobiliyati qöllab-quvvatlanadi.
Yangi Exynos 8 Octa 8890 protsessorini keyingi yilning fevralidan oldin sinovdan ötkazişning imkoni bölmaydi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, Samsung voqealarni jadallaştirmaslikka qaror qildi va özining keyingi Galaxy S7 flagmanini odat böyiça, Barselonada 2016 yilning 22 fevralida oçiladigan MWC (Butunjahon mobil kongressi) körgazmasidan bir kun avval namoyiş qiladi.






