Tailand janubidagi Pattani viloyati hududida yuz bergan portlaş natijasida 2 kişi halok böldi va 5 kişi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lumotiga asoslanib, TASS naşri xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinişiça, portlaş natijasida halok bölganlar köngilli ravişda hududda tartib saqlaş uçun posbon sifatida xizmat qilayotgan tinç aholi vakillari edi.
Portlovçi qurilma köngillilar bölinmasi joylaşgan bino hududiga örnatilgan. Taxmin qilinişiça, bu portlaş hududdagi ayirmaçilar tomonidan uyuştirilgan.
Ma'lumot uçun, keyingi 11 yilda asosan musulmonlar yaşaydiga Pattani, Yala va Naratxivat viloyatlarida şunday teraktlar tufayli 6,5 mingdan ortiq kişi halok bölgan. Ayirmaçilar alohida sultonlik tuziş maqsadida partizanlik uruşlari olib boriş bilan şuğullanib kelişmoqda.






