Adidas nemis konserni Parijdagi San-Denida 360 gradusli proyeksiyaga ega futuristik stadionni namoyiş qildi, deb xabar berilmoqda «Gazeta.Ru» naşri ixtiyoriga kelib tuşgan matbuot bayonotida.
Oçiliş marosimiga Zinedin Zidan, Per Mertezaker va Xavi kabi afsonaviy futbolçilar taşrif buyurdilar. Nomdor futbolçilardan taşqari, tadbirda Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Belgiya, Daniya va Şvetsiyadan yoş öyinçilar ham iştirok etdilar. “Menga yoş öyinçilarda men öyinlar oldidan muxlislar armiyasi oldida his qilgan hissiyotlarni boşdan keçiriş imkoniyati borligi yoqadi. Futbol böyiça Yevropa çempionati finalida iştirok etiş noyob tajriba. Öyin oldidan sen his qiladigan hayajon, sen tunneldan ketayotganingda andrenalin quyilişi, imkoniyatlar çegarasida öynaşga ilhomlantiruvçi olomon hayqiriği. Bularning barçasini Future Arena’da his qiliş mumkin. Umid qilamanki, yangi avlod bu muhitni töliq his qila oladi. Kim biladi, bunday stadionda öynaşdan ilhomlangan holda nimalarga erişiş mumkin?”, deb stadion haqidagi taassurotlari bilan örtoqlaşdi Zidan.
Tadbir iştirokçilari Yevropa çempionati final bosqiçining rasmiy töpi – Beau Jeu bilan birinçilardan bölib futbol öynaşga muvaffaq bölişdi. Bu töpni bundan avval Zinedin Zidan instagramdagi sahifasida çop etgan edi. Şuningdek, yoş öyinçilar Yevro-2016 da 6 ta davlat terma jamoasi iştirok etadigan rasmiy mehmon kiyimlarini namoyiş qilişdi.






