Germaniyaning Gerlits şahrida istiqomat qiluvçi 65 yoşli germaniyalik özining Adolf Gitlerga qarindoş ekanini aytgan.

Romano Lukas ismli bu şaxsning aytişiça, natsistlar dohiysining otasi Alois Gitler va öz bobosi aka-uka bölgan.

Qariyaning aytişiça, uning ota-onasi Ikkinçi Jahon uruşidan keyin Şarqiy Germaniyaga qoçişgan, keyinroq Slovakiyaga ötişgan. Romano juda yoşligida ota-onasiz qolgan va monastirlardan birida tarbiyalangan. Uni köp ötmasdan polşaliklar oilasi asrab olişgan. Romano ulğaygaç, Germaniyaga qaytgan.

Özining aytişiça, u öz familiyasi orqali köp aziyat çekkan.

"Familiyamni eşitişgaç, ba'zilar kulişadi, ba'zilarda qörquv paydo böladi. Lekin men Gitlerlarning sönggisiman, bizning avloddan boşqa heç kim qolmadi", deydi u.
Express jurnalisti unga işonmagan.

Tarixdan ma'lumki, Aloisi Gitlerning akasi ham, ukasi ham bölgani haqida dalillar mavjud emas.