Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronda 23 noyabrda bölib ötadigan OPeKning gaz böyiça sammitiga boradi. Bu haqda Putin yordamçisi Yuriy Uşakov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Biz gaz eksportçi davlatlari forumining uçinçi sammitida iştirok etişga tayyorgarlik körmoqdamiz. Sammit 23 noyabrda Tehronda bölib ötadi va Vladimir Putin u yerga boradi”, deb aytdi Uşakov.

Uşakovning aytişiça, sammit davomida Putin iştirokida bir qator ikki tomonlama uçraşuvlar bölib ötişi mumkin.

Öz navbatida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak TASS axborot agentligiga sammit uçun maxsus materiallar tayyorlanayotgani ma'lum qildi, biroq ularning mazmunini oşkor etmadi.