"Mersedes" jamoasining germaniyalik poygaçisi Niko Rosberg Braziliya Gran-Prisi ğolibiga aylandi.
Marraga ikkinçi bölib uning jamoadoşi, britaniyalik avtopoygaçi Lyuis Hemilton kelgan. Germaniyalik yana bir poygaçi, "Ferrari" jamoasi a'zosi Sebastyan Fettel uçinçi örinni egallagan.
Eslatib ötamiz, bundan oldin ötkazilgan Meksika Gran-Prisida ham Niko Rosberg ğalaba qozongandi.
Rosberg endilikda umumiy hisobda, jahon çempionatidagi ikkinçi örinni naqd qildi. U 297 oçko töplagan va uçinçi örindagi Fettelni 32 oçkoga ortda qoldirgan. Birinçi örinni AQŞdagi Gran-Prida ğolib böliş orqali Lyuis Hemilton muddatidan oldin egallab bölgandi. Uning hisobida 363 oçko bor.
Törtinçi örin uçun esa finlyandiyalik Valtteri Bottas ("Uilyams", 136 oçko) va Kimi Raykonen (135 oçko) örtasida kuraş keçadi.
Yilning oxirgi Gran-Prisi 27-29 noyabr kunlari BAAning Abu-Dabi şahrida bölib ötadi.






