Fransiya huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bir keçada (15 noyabr keçasida) aksilterror maqsadlaridagi 168ta reyd ötkazildi. Bu haqda Liberation xabar bergan.

Bu haqdagi ma'lumot, Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev tomonidan maxsus brifing vaqtida aytilgan.

Kaznevning aytişiça, bu reydlar davomida 23 kişi hibsga olingan.

Vazirning qöşimça qilişiça, yil boşidan buyon 6 kişi IŞIDga qöşilgani uçun Fransiya fuqaroligidan mahrum qilingan.

Eslatib ötamiz, 14 noyabrga ötar keçasi Fransiya poytaxti Parij şahrida IŞID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, uşbu xunrezliklar natijasida 129 kişi halok bölgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni taşkil etadi. Jarohatlanib şifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari oğir ahvolda qolmoqda.