Anonymous xakerlik guruhi Parijda sodir etilgan teraktlarga javoban IŞIDga qarşi kuraşni kuçaytirişga va'da berdi. Bu haqda guruh vakillari tomonidan yozilgan videomurojaatda aytilgan. Bu videomurojaat bir neçta tilda yozildi va YouTube xizmatidagi Anonymous guruhiga tegişli kanallarda paydo böldi.
Guruhning ingliz tilidagi versiyasi IŞID tomonidan işlatiladigan ijtimoiy tarmoqlardagi sayt va akkauntlarga misli körilmagan kölamda kiberhujumlar uyuştirişga va'da berdi.
Twitter mikroblog xizmatidagi Anonymous akkauntlardan biri ma'muriyatining ta'kidlaşiça, bu Anonymous terrorçilarni harakatlarini qoralayotgan birinçi holat emas.
Joriy yilning mart oyida Anonymous IŞIDga qarşi kuraşiş uçun boşqa xakerlik guruhlari bilan birlaşgan edi. Guruh vakillarining aytişiça, ular ekstremistlar ijtimoiy tarmoqlarda taşviqot va odamlarni yollaş uçun işlatgan bir neça ön ming akkauntni tösib qöyişga muvaffaq bölganlar. Birinçi marta Anonymous 2015 yil fevralda terrorçilarga qarşi uruş e'lon qilgan. Öşanda xakerlar IŞID tarafdorlarini internetdan foydalaniş imkoniyatidan mahrum qiliş, ya'ni saytlar, akkauntlar va elektron poçtani işdan çiqarişga va'da berişgan.
Anonymous xalqaro xakerlik guruhi 2003 yilda taşkil topgan. Bu guruh xakerlari, xususan, davlat idoralari va kuçişlatar tuzilmalar saytlariga hujum uyuştiradilar.






