17 noyabr kuni Avstraliyada ilk musulmon partiyasi taşkil etildi. "Avstraliya musulmonlari partiyasi" nomini olgan bu siyosiy tuzilma rahbari mamlakat senati uçun saylovda iştirok etiş niyatida ekani ma'lum qilingan.
Ayni vaqtda Avstraliyada 500 ming nafardan ortiq musulmon istiqomat qiladi.
Mamlakat parlamentida esa 250 nafar deputat mavjud va ulardan faqat bir kişi musulmon diniga e'tiqod qiladi.
Yangi partiya asosçisi 34 yoşli Dia Muhammad Sidneyda yaşaşi va tadbirkorlik bilan şuğullanişi ma'lum. U öz çiqişida butun dunyoda Parij teraktidan keyin dinlararo tuşunmovçiliklar paydo bölişidan xavotirda ekanini aytib ötgan.

U Avstraliyadagi musulmonlarning talab va istaklari inobatga oliniişi kerakligini ta'kidlab ötgan.
"Hozirgaça tarqoq bölib yaşayotgan jamoalarda birlaşiş imkoni paydo böldi. Endi biz öz talablarimizni ayon etişda yaxşiroq şaroitlarga ega bölamiz", deydi Dia Muhammad.
U Avstraliyadagi bir neça partiyada musulmonlarga nisbatan ayriça munosabatlar mavjudligi yangi partiya tuzilişiga sabab bölganini qayd etib ötgan.
Jurnalistlarning yozişiça, Muhammadning Senatga saylanişi ehtimollari juda kam. Uning saylovda iştirok etişi uçun 500 ming imzo töplanişi kerak. Lekin Avstraliyadagi 500 ming musulmonning 20 foizigina saylov huquqiga ega.






