Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Muhammad Navoz Şarif Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Özbekistonga rasmiy taşrifini boşladi.

Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Taşrif dasturidan ikki mamlakat rahbarlarining uçraşuv va muzokaralari örin olgan. Ularda Özbekiston va Pokiston örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.

Taşrif yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi örtasida Qöşma deklaratsiya qabul qilinişi, turli sohalardagi özaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan hujjatlar imzolanişi möljallangan.