Jahon çempionati-2018 ikkinçi saralaş bosqiçi “H” guruhi, 8-tur öyinlari doirasidagi Yaman – Özbekiston uçraşuvi oldidan matbuot anjumani taşkil etilib, unda avval Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan hamda terma jamoa yarim himoyaçisi Sardor Raşidov iştirok etişdi. Bu haqda Özbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan.
“Ertaga Özbekiston milliy terma jamoasini qiyin uçraşuv kutib turibdi”, — deya söz boşladi Samvel Babayan. — Uşbu raqib Toşkentdagi öyinda bizga juda yaxşi qarşilik qilgandi. Şuningdek, bu jamoa sönggi turda Filippinni safarda mağlub etdi. Bu öyinga biz jiddiy tayyorgarlik kördik. Çunki uşbu bosqiçda oson taslim etiladigan raqib yöq. Barça jamoalar har bir öyinga jiddiy e'tibor qaratyapti. Şu qatorda biz ham. Bölajak uçraşuvda ham özimizning eng yaxşi öyinimizni namoyiş qilişga intilamiz va kerakli natijani qölga kiritamiz degan umiddaman”.
Futbolçilarning holati va tarkib borasida berilgan savolga javob berar ekan, Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi şunaday dedi: “Barça futbolçilar öyinga tayyor. Tarkibmiz optimal körinişda. Ertangi öyinda ğalaba qozoniş imkoniyatiga keladigan bölsak, ustunlik biz tomonda. Biroq bu bilan Yaman terma jamoasini kamsitiş niyatim yöq. Ularda bir neça kuçli futbolçilar bor. Ayniqsa darvozabonni alohida körsatgan bölardim. U juda işonçli posbon va sözsiz öz jamoasining yarmidir. U juda köp hollarda jamoasini gollardan qutqarib qolyapti. Aynan u Filippinga qarşi öyinda Yamanning ğalabasiga katta hissa qöşdi. Toşkentdagi öyinda ham özini yaxşi tomondan körsata olgandi”.
Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoasi qanot yarim himoyaçisi Sardor Raşidov ham öyin borasidagi fikrlarini bildirib ötdi.
“Yaman terma jamoasi ança jiddiy raqib. Biz ularning öyinlarini kördik, örgandik. Xususan Filippinga qarşi safarda ğalaba qozonilgan öyinni ham. Öşa öyinda ertangi raqibimiz juda yaxşi öyin körsatdi. Biroq ertangi öyinda biz ğalaba qozonamiz, deb öylayman”.
Jurnalistlar sönggi vaqtlarda gol uriş borasida ança yaxşi körsatkiçlar qayd etayotgan Sardor Raşidov Yamanga qarşi dastlabki öyinda darvozani işğol qilolmaganini eslab, bölajak öyinda gol ura oliş, olmasligi haqida berilgan savolga Raşidov quyidagiça javob berdi:
“Avvalambor, futbol — jamoaviy öyin. Men uçun eng muhimi — terma jamoa ğalaba qozonsa böldi. Golni aynan kim urişi katta ahamiyatga ega emas. Töğri, Yamanning himoya çiziği yomon emas. Ammo judayam kuçli ham, demagan bölardim. Birinçi öyinda ular yomon himoyalanmaganiga qaramay, baribir, biz ğalaba qozona oldik”.






