Öz mustaqilligini qölga kiritgan har bir yurt bayroğining Birlaşgan millatlar taşkiloti boş qarorgohi maydonida muzaffar hilpiraşini istaydi. Çunki bu dunyoda öz örni, öz ovoziga ega ekanining tasdiği, mustaqilligining tan olingani ifodasidir.
Bundan roppa-rosa 24 yil muqaddam Özbekiston deb deb atalmiş osoyişta, erkin va farovon yurtning ona tabiatdan andoza olib işlangan davlat bayroği qabul qilingan edi. Şundan bunyo bu muqaddas tuğ eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, zafarli qöllarda baland kötarilmoqda, şavqu zavq bilan közlarga surtilib, lablarga bosilmoqda.
Bugun bu bayroq faqatgina Özbekiston Respublikasi davlat ramzi emas, u şu yurtda tuğilib, şu zaminning mehridan qonib yaşayotgan barça el-elatlarning tinçlik va ahillik timsoliga, qalblarni qalblarga yaqinlaştiradigan, dillarni dillarga ulaydigan vositaga aylangan. Dunyoning qaysi burçida bölmang, bu bayroq ona yurt nafasini dimoqqa uradi, qadrdon Vatanni yodga soladi.
Kun.uz sayti tahririyati barça yurtdoşlarimizni uşbu sana bilan qizğin muborakbod etadi. Ona yurtimizdagi tinçlik va osudalik heç qaçon bizni tark etmasin, bayroğimiz baland-balandlarda Özbekiston deb atalmiş jannatmakon yurt şa'ni, şonu şavkatidan darak berib hilpirayversin!






