Chevrolet kompaniyasi yangilangan Captiva krossoverini namoyiş qildi. Restayling qilingan model 2016 yil yanvaridan sotuvga çiqariladi. Rossiyada uşbu kompaniyaning ommaviy modellari, xususan “Captiva” boşqa sotilmaydi.
Yangi modelda kuzovning oldi qismi deyarli töliq özgartirildi. Bamper, boş yoruğlik çiroqlari, falşradiator panjarasi ham özgarişga uçradi. Boş yoruğlik çiroqlari yoruğlik-diodli yuriş çiroqlari bölinmasi bilan jihozlandi. Bundan taşqari, emblemalarning örni ham özgardi.

Yangilangan “Captiva” yangi MyLink multimedia tizimi bilan ta'minlandi. U iOS’da işlovçi smartfonlarning avtomobilning Apple CarPlay köngiloçar majmuasi va Siri Eyes Free ovozli boşqaruvi bilan integratsiyalaşuv funksiyasini oldi.
Krossover yangi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlandi. Uşbu tizimlarga orqani körsatuvçi yon oynalarga körinmaydigan hududlar hamda orqaga yurganda perpendikulyar yönalişda yaqinlaşayotgan maşinalarni kuzatiş tizimi kiradi. Ikkala funksiya ham orqa bamperda örnatilgan radarlar yordamida işlaydi.
Yöltanlamasning intererida yangi rul çambari va körinişi özgargan markaziy konsol paydo böldi.

Chevrolet Captiva motor gammasida özgarişlar bölmadi. Model birinçi marta namoyiş qilingan BAAda 2,4 litrli 4 silindrli, 167 ot kuçi va 230 Nm aylantiriş lahzasini beruvçi dvigatel bilan taklif qilinadi. Modelda asosiy uzatma özgardi, bu yuqori tezlikda yurişda yonilği sarfini kamaytirişi lozim.






