Şvetsiya terma jamoasi Yevro-2016 saralaş pley-off bosqiçi doirasida Daniya maydonida durang natija (2:2) qayd etdi. Dastlabki öyinda 2:1 hisobida ğalaba qozongan şvedlar şu tariqa Fransiya maydonlarida 2016 yilning yozida ötkaziladigan turnirda iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.

Javob öyinining 19-daqiqasida Zlatan Ibrohimoviç öng qanotdan yetkazilgan uzatmani jarima maydonçasi içida mezbonlar darvozasiga joylab qöydi. Öyin tugaşiga 15 daqiqa qolganida uning özi jarima zarbasini çiroyli tarzda golga aylantirdi.

Ikkinçi gol amalda yöllanma taqdirini hal qildi. Boisi, qolgan daqiqalarda daniyaliklar 4ta gol ura olişmasdi. Ammo Daniya hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi.

Yevro-2016 saralaş pley-off
Daniya – Şvetsiya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 19 Ibrohimoviç, 0:2 – 76 Ibrohimoviç, 1:2 – 81 Poulsen, 2:2 – 90 Vestergor.
Daniya – Şmeyxel, Agger, Yakobsen, Ker, Durmisi (Vestergor, 83), Dileyni (Kron-Deli, 46), Eriksen, Xeyberg, Yorgensen, Bendtner (Rasmussen, 60), Poulsen.
Şvetsiya – Isaksson, Bengtsson (Olsson, 86), Grankvist, Yuxansson, Lyustig, Çelstrem (Svensson, 69), Levitski, Larsson (Xilemark, 81), Forsberg, Berg, Ibrohimoviç.
Ogohlantirişlar: Bengtsson (10), Durmisi (51), Poulsen (58), Larsson (70), Xeyberg (77).
Birinçi öyin – 1:2.