17 noyabr kuni keçasi Yevro-2016 saralaşi, pley-off bosqiçining javob öyinlaridan örin olgan ikki bahs yakunlanib, 2016 yilgi Yevropa çempionatining barça iştiroklari nomi aniq böldi.
Dastlab Şvetsiya safarda Daniya bilan janvogar durangga imzo çekib, ikki öyin natijasiga köra yöllanmaga ega çiqdi.
Ukraina ham mehmonda Sloveniya bilan durang öynadi. Dastlab öyinning 11-daqiqasidayoq Tsesar hisobni oçgan bölsa, öyinga qöşib berilgan 7-daqiqada Yarmolenko hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi. Şu tariqa, Ukraina terma jamoasi ham Fransiyada ötadigan Yevropa çempionatiga boradigan böldi.
Sloveniya – Ukraina 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Tsesar, 1:1 – 90 Yarmolenko.
Sloveniya – Xandanoviç, Iliç, Yokiç, Breçko, Tsesar, Birsa (Lazareviç, 80), Krxin, Kampl, Peçnik (Iliçiç, 67), Bezyak (Lyubiyankiç, 68), Novakoviç.
Ukraina – Pyatov, Xaçeridi, Şevçuk, Fedetskiy, Rakitskiy, Stepanenko, Rybalka, Sidorçuk (Garmaş, 61), Yarmolenko, Konoplyanka (Timoşçuk, 90), Seleznev (Kravets, 80).
Ogohlantirişlar: Tsesar (1), Konoplyanka (4), Yokiç (25), Rybalka (32), Peçnik (38), Lazareviç (90).
Çetlatiş: Breçko (90).
Birinçi öyin – 0:2.






