Rossiyada FMX tomonidan ötkaziladigan reydlar çoğida muhojirlarning farzandlari tortib olinadi va bolalar uyiga topşiriladi. Ota-onalari oylab yugurib, öz farzandi uçun xujjat yiğib bolalarini oladilar. Bu holat yaqingaça, aniqroği, Umarali Nazarov fojyeasigaça yuzaga çiqmay kelayotgandi.
14 oktabr kuni 5 oylik tojikistonlik gödak Umarali Nazarov ana şunday reydlarning, noqonuniy xatti-harakatlarning, millatçilik va adolatsizlikning qurboni böldi... Şu yilning 13 oktabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri Admiralteyskiy tumani Federal Migratsiya Xizmati xodimlari Lermontovskiy prospektda reyd ötkazişdi. Şu hududda yaşovçi tojikistonlik muhojirlarning ijara uyiga kirib, u yerda yaşovçilarning xujjatlarini tekşirişdi. Oila boşliği Rustam Nazarov işda, uyda esa uning onasi Mehriniso Nazarova, rafiqasi Zarina Yunusova va ukasi Daler Nazarovlar bor edi.
FMX xodimlari tekşiruv paytida Zarina va Dalerning migratsiya qonunçiligini buzganligini aniqladi. Aniqroği, Zarinaning vaqtinçalik istiqomat huquqini beruvçi hujjatining amal qiliş muddati ötib ketgandi.
Zarina uzoq vaqt farzand köra olmay, davolaniş uçun Sankt-Peterburgga kelgandi. Davolaniş natija berdi, u homilador bölgan vaqtda hujjatidagi ketiş muddati kelib qolgandi. Uzoq kutilgan çaqaloq tuğilib, 5 oylik bölganida Zarina Tojikistonga qaytib ketiş uçun aviabilet olindi. Ammo ketiş sanasiga atigi bir neça kun qolganda bu voqea röy berdi. Qölidagi ketiş çiptasiga qaramay, uni va Dalerni politsiya bölimiga olib ketişdi. Zarinaning qölida 5 oylik çaqaloği Umarali ham bor edi.
“Politsiya idorasiga kirganimizdan söng, katta leytenant unvonli ayol bizni söroq qila boşladi, - deydi 17 yoşli Daler Nazarov. - Zarina rusçani bilmagani uçun men javob berdim, tarjimon yöq edi. Söroq vaqtida Umarali oç qolib yiğlay boşladi. Şu payt akam (Rustam Nazarov) qönğiroq qilib qolib, öğlining yiğlayotganini eşitdi. Bola nega yiğlayotganini söradi. Zarina idişdagi bötqasini içirmoqçi edi, sovib qolgan ekan. Keyin u ögirilib emiza boşladi. Leytenant kimning bolasi ekanligini söradi, men akam va Zarinaning farzandi ekanini, hujjatlarimizni hozir onam olib kelişini aytdim. Şu payt FMX bölimi xodimlaridan biri kirib, Zarina ortidan yurişini aytdi. Men tarjima qildim. Zarina örnidan turdi, qölida Umarali bor edi. Katta leytenant Zarinaning yoniga kelib, qölidan çaqaloğini torta boşladi. Zarina mahkam uşlaşga harakat qildi, ammo leytenant Umaralini Zarinadan kuç bilan tortib oldi. Zarina juda qörqib ketgandi, inday olmadi...
Şundan söng FMX bölimi xodimi Zarinani qayergadir olib ketdi. Men esa katta leytenant, uni qölida Umarali bilan navbatçilik bölimida kirdik. Leytenant bola bilan xonaga kirib ketdi, men yölakda qoldim...”
Zarina politsiya idorasidan sud mahkamasiga olib borildi va 5 soatdan oşiq vaqt uşlab ötirildi. Söng u yerda Zarina Yunusova ma'muriy javobgarlikka tortilib, unga 5000 rubl jarima va 15 kun içida mamlakatdan çiqib ketiş jazosi tayinlandi. Bu vaqtda politsiya xodimlari gödak yuzasidan “taşlandiq va adaşib qolgan bola keltirilgani yuzasidan dalolatnoma” tuzib, uni “Tez yordam”ga topşirib yuborişdi. Çaqaloqni Tsimbalina nomli kasalxonaga eltib, joylaştirişdi. Politsiya binosi yonida bolani talab qilib turgan otasi va buvisini esa içkariga kiritişmadi.
“Bola taşlandiq ham, adaşgan ham, qarovsiz qolgan ham emasdi, - deydi RF inson huquqlari va fuqarolik jamiyati böyiça Kengaş a'zosi Yevgeniy Şablinskiy. - Politsiyaning bunday dalolatnoma tuzişga haqqi yöq edi. “Tez yordam” çaqiriş uçun ham asos bölmagan”
Zarina esa suddan çiqişi bilan öğlini izlay boşladi. Eri Rustam Nazarov, qaynonasi Mehriniso Nazarovalar bilan birga politsiya eşigida emizikli gödakni söroqlaşdi. Ammo heç kim Umarali Nazarovning qayerdaligini aytmadi. Butun oila yarim tungaça çaqaloqni izlab, darak topmadilar.
Ertasi (14 oktabr) kuni tongda Nazarovlar oilasiga telefon qönğiroği böldi va 5 oylik çaqaloq Umarali Nazarovning Tsimbalina kasalxonasida vafot etganini aytişdi.
Gödakning otasi Rustam Nazarov onasi Mehriniso bilan kasalxonaga yetib borişdi, ammo u yerda Umarali ölikxonaga yuborilganini bildirişdi. Ölimi sababini esa aytişa olmadi. Hattoki, gödak qaysi ölikxonaga jönatilmagani aytilmagani bois, Nazarovlar 3 kun Umarali jasadini izlaşdi. Nihoyat, Rustam 17 oktabr kuni Yekaterinskiy prospektdagi ölikxonada çaqaloğining sovuq diydorini körişga muvaffaq böldi.
“Uning yuzida, labining atrofida qon izlarini, közlari yonida kökimtir doğlarni kördim”, deydi Rustam Nazarov.
Gödakning bevaqt ölimi keng jamoatçilikning e'tiborini tortdi. Minglab tojikistonlik muhojirlar Peterburgdagi konsullik oldida namoyişga çiqdilar, ijtimoiy tarmoqlarda e'tirozlarini bildirdilar. Bino yoniga gullar va öyinçoqlar keltirişdi, jamoatçilar piketlar uyuştirişdi. Umarali Nazarovning ölimi böyiça xolis tekşiruv ötkazişni talab qilişdi. Rossiya va Tojikiston OAV lari deyarli kunda bu fojyea bilan boğliq tafsilotlarni berib bordilar, jamoatçilik arboblarining fikrlari bayon etildi, xalq orasida töxtovsiz bahsu munozaralar yuzaga keldi.
Umarali Nazarovning jasadi esa hamon ölikxonada edi. Nihoyat, 3 xaftadan söng, 7 noyabr kuni sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi e'lon qilindi: “Umarali Nazarovning ölimi sababi tsitomegalovirusli infeksiya”.
Ammo Umarali Nazarov kasalxonaga joylaştirilgan zahoti tibbiy körikdan ötkazilib, bola mutlaqo soğlom deb topilgani kasalxona xisobotida qayd etilgan edi.
Ayni paytda Sankt-Peterburg tergov qömitasi tomonidan RF JK ning 109 bandi (ehtiyotsizlik oqibatida ölimga sabab böliş) jinoiy iş qözğatilgan. Rossiya prezidentining bolalar huquqi böyiça vakili Pavel Astaxov Rossiya Taşqi Işlar Vazirligi va Rossiya boş prokuroriga 14 oktabr kuni Tsimbalina kasalxonasida ölgan çaqaloq uçun suriştiruv işlari ötkazişlarini sörab murojaat etgan.
30 oktabr kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon RF hukumati vakillari bilan uçraşuvda 5 oylik çaqaloq ölimi mavzusini kötardi. RF boş vaziri Dmitriy Medvedev bu masala “oxirigaça olib borilişi” öz nazoratida bölişi töğrisida va'da bergan.
Jamoatçilik şov-şuvi davom etayotgan bir vaqtda 12 noyabr kuni Sankt Peterburg sudi Umarali Nazarovning onasi Zarina Yunusovani 5 sutka içida mamlakatdan çiqib ketişi böyiça qaror çiqardi. Advokat va huquqşunoslarning Zarina marhum öğlining tergov harakatlari tugaguniga qadar şaharda qoldirişga urinişlari zoye ketdi.
16 noyabr kuni tongda Zarina Yunusova marhum öğlining jasadi solingan jajji quti bilan Duşanbega uçib bordi. Uni aeroportda ota-onasi va yaqinlari kutib olib, Fayziobodga olib ketişdi. Şu kuni Umarali Nazarov ona yurti Bobo Valiga dafn etildi. Bir oydan ziyod tuz totmagan, bir söz demagan Zarina Yunusova dafn marosimi çoğida “portladi”. Uning faryodiga har qanday yurakni zirqiratadi...
Oradan 2 kun ötdi. Adolat talabidagi insonlar kuraşdan töxtagani yöq. Peterburgda 200 nafardan ziyod kişilar iştirokidagi norozilik namoyişi ökazildi, 136 mingdan ziyod kişi Umaralining ölimi tadqiq etilişi talab qilingan petitsiyaga imzo çekdilar. Umarali Nazarovning ölimi butun insoniyatga dars böldi. 5 oygina umr keçirgan gödak olam ahliga inson qadri neçoğlik ekanini, hayotning qiymatini körsatib ketdi.
Uning saboğidan mudroqlar xuşyor tortdi, oqibat haqida öylaşga majbur qildi. “Hujjatlarim joyida emasdi, tekşirib qolsa, politsiya bolamni tortib olmaydimi?”, degan mazmundagi savollar bilan murojaat qiluvçilar köpaydi. “Umaraliga öxşab öldirib berişsa, nima qilaman?!” deya xavotir bilan yozişayapti köpçilik muhojirlar. Bu voqea har kim bilan bölişi mumkin, hamma vaqt bölişi mumkin.
Toki, Rossiyada millatçilik degan illat bor ekan, toki migratsiya qonunlariga amal qilinmas ekan, toki öz huquqingizni talab qila olmas ekansiz, bu fojyea takrorlanmasligiga kafolot yöq...
Quyida Rossiyada faoliyat körsatadigan maşhur jurnalistlar Maksim Şevçenko hamda Vladimir Solovyovlarning uşbu voqealarga nisbatan munosabati, bildirgan fikrlaridan boxabar bölişingiz mumkin:
Tojikistonda Peterburgda vafot etgan beş oylik Umaralining dafn marosimi bölib ötdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi