Jangarilar Mali poytaxti Bamako şahrida joylaşgan Radisson mehmonxonasida portlaş uyuştirib, 170 kişini garovga oldi. Ularning 140 nafari mehmonlar bölsa, 30 nafari mehmonxona xodimlaridir, deya xabar bermoqda NBC News.

Bino içida 10 nafar atrofida ekstremistlar bölişi mumkin, deya ma'lum qildi Reuters agentligi mahalliy maxsus xizmat vakili ma'lumotiga asoslangan holda.
Guvohlarning aytişiça, jinoyatçilar 20 noyabr kuni tongda mehmonxona binosiga qarata öq otişgan. The International Business Times naşri ma'lumotiga köra, hozirgaça uç kişi halok bölgan.

Fransiyaning RFI radiosi ma'lumotiga köra, jangarilar mehmonxona hududiga xorijiy davlat elçixonasi raqamidagi maşinada kirib kelişgan.
Hodisa joyiga politsiya xodimlari yetib kelişgan. Hozirça mintaqada faoliyat körsatayotgan birorta ham terroristik guruh bu böyiça javobgarlikni öz zimmasiga olgani yöq.