Xitoyning Şinjon-Uyğur muxtor tumani politsiyasi 28 ayirmaçini öldirdi. Xitoy xalqaro radiosining xabar berişiça, sentabr oyida kömir koniga hujum uyuştirgan guruh 56 kun davomida ta'qib qilingan.
Bayçen uyezdidagi konga hujum 18 sentabrda uyuştirilgan bölib, uning oqibatida 11 tinç aholi vakili va 5 politsiyaçi öldirilgan, yana 18 kişi jarohat olgan edi.
Şinjonda uzoq yillardan buyon bu yerning mahalliy xalqi bölmiş uyğurlarning Xitoydan ajralib çiqişi uçun kuraşayotgan bir qator guruhlar faoliyat yuritib keladi.
Oxirgi oylarda ma'muriy birlik hududida 32 maxfiy taşkilot foş etilgan, ularning 380 a'zosi qölga olinib, 315 nafari ölim jazosiga va qamoq jazosiga hukm qilingan.






