Oxirgi paytlarda Özbekistonning turli hududlarda uyali aloqa sifatining tuşib ketganligi qizğin bahslarga sabab bölmoqda. Garçi bunga har xil sabablar körsatilgan, aloqa sifati tezda yaxşilanişi va'da qilingan bölsa ham, şikoyatlar tinmayapti, aholi uyali aloqa sifatidan hamon norozi, deb e'tirof etadi “Darakçi” naşri.

“Ayni vaqtda iste'molçilar uçun uning sifat darajasi muhim muammolardan biri bölib turibdi, - deyiladi materialda. – Çunki aloqa sifatsizligi bilan boğliq har bir muammo muhim işlarni amalga oşirişda pand bermoqda. Sözlaşuv vaqtida aloqaning öz-özidan yöqolib qolişi, yoqimsiz şovqinlar, söz va gaplarning boşi yo oxiri eşitilmay qolişi kabi holatlar mobil aloqa vaqtida yuzaga kelayotgan muammolarning ba'zilari xolos”.

Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi Mobil aloqa tizimlari va radio çastotalaridan foydalaniş monitoringi bölimi boşliği Kamoliddin Avulov naşrga bergan intervyusida bu borada mobil operatorlarga tegişli körsatmalar berilganini hamda muammolarning bartaraf etiliş jarayoni doimiy ravişda kuzatib kelinayotganini aytib ötdi.

“Coscom (UCell), Unitel (Beeline), RWS (Perfectum) va “Özbektelekom” (UzMobile) operatorlari Inspektsiyadan ogohlantiriş oldilar, - dedi u. – Ular ÖZbekiston Respublikasi qonunçiligidagi barça normativ aktlarga amal qilgan holda iş olib borişmoqda va Inspektsiyaga aloqa sifatini yaxşilaş borasidagi rejalarini taqdim etişdi”.

Avulovning ta'kidlaşiça, abonentlar asosan mobil aloqa sifati (ovozli xizmatlar, internet) hamda call-markazlardagi operatorlar şikoyat qilişadi. Şikoyatlarning aksariyati Farğona, Samarqand, Qaşqadaryo, Namangan, Xorazm va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahridan tuşadi.

“Özbektelekom” AK "UzMobile" filiali abonentlarga xizmat körsatiş va abonentlarni saqlaş qoliş xizmati guruhi rahbari Kattaboy Kattayevning sözlariga qaraganda, “Mobil aloqaning milliy operatori tizimini yaratiş” loyihasi doirasida uç bosqiçdan iborat bölgan aloqa qurilmasini yaratiş rejalaştirilgan:
1-bosqiç: Toşkent şahri va Toşkent viloyatini qamrab oliş (2015 yil);
2-bosqiç: respublikadagi viloyatlar va tuman markazlarini qamrab oliş (2016 yil);
3-bosqiç: mamlakatning barça aholi punktlarini qamrab oliş (2017-2018 yillar).