Apple dökonlari oxirgi kunlarda öğirliklarga uçramoqda. Öğriliklarning boş obekti hozirda kompaniya tomonidan çiqariladigan eng defitsit aksessuar – stilus (ruçka körinişidagi qurilma) bölmoqda.

Gap yaqinda sotuvga çiqqan iPad Pro planşeti bilan işlaşga möljallangan Apple Pencil elektron stilusi haqida ketmoqda. Aksessuar 99 dollar turadi, biroq sotuvga çiqarilgandan keyin defitsit bölib qoldi. Dökonlar uşbu qurilmadan kam miqdorda olmoqdalar va ular olinişi bilanoq darrov sotilib ketmoqda.

Ehtimol şuning uçun kompaniya rasmiy dökonlarida namoyiş uçun qöyilgan stilus qöli egri taşrifçilarni öziga jalb qilayotgan bölişi mumkin. Stilus gadjyetlar turgan stollarga mahkamlanmagan, çunki bu uning imkoniyatlarini namoyiş qilişni qiyinlaştirgan bölardi.

Öğirliklar haqida Twitter va Reddit foydalanuvçilari yozişmoqda va ular dökon xodimlari “qalamlar” haqida heç ham qayğurmayotganlarini ta'kidlamoqdalar. Dökonga kelganlar köpinça plaşnet va stilus bilan nazoratsiz qoldiriladilar va aksariyat hollarda ularga stilusni çöntakka solib, olib çiqib ketişlariga heç kim tösqinlik qilmaydi.