AQŞ prezidenti Barak Obama soçini böyaydigan dunyo davlatlari yetakçilari ismini aytmadi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilişiça, Obama Kuala-Lumpurda talabalar bilan uçraşuvi paytida u “ança yoşga borib qolgani” sababli undan “dono maslahat” berişni söraşdi.
“Men yoşlardan istaydigan birinçi narsam, meni qari deb ataşni bas qilişsin. Axir, siz nafsoniyatimga tegyapsiz”, deb hazilomuz javob berdi Obama kambojalik talabaning savoliga. Obamaning aytişiça, u hokimiyat tepasiga kelganda unda oq soç bölmagan, hozir esa uning soçiga oq tuşib ketgan. “Men soçimni böyamayman, biroq mening köplab hamkasblarim soçlarini böyaydilar. Men ularning kimligini aytmayman. Biroq ularning sartaroşlari bilişadi”, deb qöşimça qildi Obama.
Reuters axborot agentligining eslatişiça, AQŞning sobiq prezidenti Ronald Reygan soçlarini böyaşi haqidagi miş-mişlarni inkor qilib kelgan va uning sartaroşi ham buning aksini aytmagan. Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Şreder uning soçini böyaşi haqida ma'lumot bergan nemis yangiliklar agentligi ustidan sudga şikoyat arizasi bergan. Xitoylik yetakçilarning yoşidan qat'i nazar soçlari “juda şubhali” qora rangda körinadi, deb qöşimça qilmoqda agentlik.






