21 noyabrda tonggi soat 5:16 da Toşkent va Özbekistonning boşqa şaharlarida kuçsiz zilzila sezildi.

“Toşkent” seysmik stansiyasida ma'lum qilinişiça, Toşkentda 2 balldan kamroq, Namanganda 3 ballik zilzila sezildi.

Zilzila markazi Qirğiziston hududida, Toşkentdan 210 km şarqqa tomon, Namangandan 90 km şimolga tomon joylaşganligi aytilmoqda. Zilzila magnitudasi markazida 5,1 ballni taşkil qilgan, çuqurligi esa 10 km yer ostida bölgan.

Bu zilzila oxirgi kunlarda Özbekistonda sezilayotgan va markazi Qirğizistonda bölgan uçinçi zilzila böldi. Toşkentliklar 17 noyabrda soat 22:29 da 2,5 ballik, 20 noyabrda esa soat 9:46 da 2 ballik kuçsiz zilzilalarni sezişgan edi.