Bugun, 21 noyabr kuni Oliy liga 30-turi doirasida oxirgi uçraşuvlar ötkazildi va milliy çempionatning joriy mavsumi yakunlandi.

Joriy mavsum çempioni nomi oxirgi turda aniqlandi. Toşkent şahridagi "Paxtakor" markaziy stadionida ötkazilgan «Paxtakor» – «Andijon» uçraşuvi mezbonlarning 6:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Toşkentdagi öyinning 13-daqiqasida Maxaradzening pasidan söng Maşaripov jarima maydoniga kirib bordi va darvozani işğol qildi - 1:0. Taym sönggida Iskanderovning pasidan keyin Javohir Sohibov çamasi 20 metrlardan kuçli zarba bilan darvozani işğol qildi, töp tösinga tegib darvoza içiga borib tuşdi - 2:0. Andreyevning pasidan söng Krimets boşi bilan darvozani işğol qildi - 3:0. 

72-daqiqada 11 metrli jarima töpini işlagan Sergeyevning özi gol urdi - 4:0. Öyin tugaşiga 5 daqiqa qolganida Igor Sergeyev dublga erişdi - 5:0. Oradan ikki daqiqa ötib Anvar Soliyev penaltidan öyinning sönggi golini urdi - 6:0.

Bu ğalaba evaziga "Paxtakor" hisobidagi oçkolar soni 75taga yetdi va jamoa öz tarixidagi 11-çi çempionlikka erişdi.

Jamoaning asosiy hujumçisi Igor Sergeyev "Andijon"ga qarşi öyinda 2ta gol uriş evaziga öz gollari sonini 23taga yetkazib, mavsum töpurariga aylandi.

Bu öyin bilan parallel ravişda Namanganda ötkazilgan «Navbahor» – «Lokomotiv» uçraşuvida  mehmonlar 3:2 hisobida ğalaba qozonişdi. «Lokomotiv» 74 oçko bilan ikkinçi örinda qoldi.

Oliy Liga 30-tur
«Paxtakor» – «Andijon» - 6:0

Gollar: Maşaripov 15, Sohibov 41, Krimets, 45+1, Sergeyev 72 (pen), 84, Soliyev 87 (pen).
«Paxtakor»: Lobanov, Andreyev, Krimets, Kozak, Hoşimov, Sohibov, Maxaradze (s), Karimov, Iskanderov, Maşaripov, Sergeyev
«Andijon»": Isaboyev, Husanov, Tursunov, Boboxonov, Otaxonov, Jumaboyev, Abdullayev, Guseynov, Asqaraliyev (s), A.Rahmonov, Bekmurodov.

Çetlatiş: Sanjar Asqaraliyev 74

«Navbahor» – «Lokomotiv» - 2:3

Gollar: Temurxöja Abduxoliqov 44, - 0:1 (Temur Kapadze). Otabek Valijonov 53, - 1:1 (Tohir Şamsiddinov). San'at Şixov 68, - 2:1. Lutfulla Törayev 90+1, - 2:2. Möydin Mamazulumov 90+3, - 2:3.