Marokaş hukumati Parij terakti taşkilotçisi, Abdulhamid Abaudning kiçik akasi hibsga olingani haqida ma'lum qildi.
Reyter naşri xabariga köra, Yassin Abaud ötgan oydan beri Marokaşdagi qamoqxonada saqlanmoqda.
Biroz oldinroq, 18 noyabr kuni Abdulhamid Abaudning yöq qiliş maqsadida Parijning Sen-Deni tumanida ötkazilgan amaliyot çoğida öldirilgan jangarilar soni 3 nafar bölgani xabar qilingandi.
Uşbu operatsiya vaqtida Parijda navbatdagi teraktlarni sodir etişga hozirlanayotgan Abaud öldirilgan, uning yonida bölgan 7 kişi qölga olingan.
13 noyabr kuni oqşomida terrorçilar Parijda 7ta nuqtada öz maqsadlarini amalga oşirişdi. Avvaliga "Stad de Frans" stadioni yaqinida portlaş, keyin Sena daryosi böyidagi kafelarda öt oçilişi, nihoyat "Bataklan" teatrida odamlarning qirğin qilinişi oqibatida 129 kişi halok bölgandi.
Jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilganlardan biri bugun jon berdi.






