Mehribon otaning Rojdestvo arafasida qiziga yozgan maktubi. Köp narsani anglaşga yordam beradi. 

— Hademay Rojdestvo, menda yana bir muammo — senga nima sovğa qilişni bilmayman. Senga köp narsa — kitoblar, öyinlar, köylaklar qiziqligini bilaman.

Senga odatdagidan köproq saqlanib qoladigan bir nima sovğa qilgim kelyapti. Har Rojdestvoda meni eslatib turadigan biron nima.

Menimça, senga nima sovğa qilişim mumkinligini bilaman. Menga darrov ayon bölgan oddiy bir haqiqatni. Agar uni hozir tuşunsang, u hayotingni ançagina yaxşilaydi. Şunda bu haqiqat haqida heç qaçon eşitmagan odamlarni taşvişga soladigan muammolarga duç kelmaysan. 

Bu juda oddiy: Heç kim sendan qarzdor emas.

Bu nimani anglatadi? 

Qanaqasiga bu oddiy gap muhim bölişi mumkin? Balki, hozir senga bunday tuyulmas, lekin bu fikr hayotingni asraydi. Heç kim sen uçun yaşamaydi, bolaginam. Çunki sen — bu sensan, boşqa heç kim emas. Har kim özi uçun yaşaydi, öz baxti uçun. Buni qançalik erta tuşunsang, şunçalik tez kimdir seni baxtli qilişi mumkin degan umiddan xalos bölasan. 

Bu degani, heç kim seni yaxşi körişga majbur emas. Agar kimdir sen yaxşi körsa, bilginki, senda uni baxtiyor qiladigan qandaydir öziga xoslik borligi uçun yaxşi köradi. Öşa öziga xoslik nimaligini anglaşga harakat qil va seni yanada köproq yaxşi körişlari uçun şu jihatingni kuçaytir. Agar odamlar sen uçun nimadir qilsa, bilginki, şuni xohlaganlari uçun qilişadi. Demak, sen qaysidir sababga köra ular uçun qadrlisan, könglingga yoqişga urinişmoqda. Ammo sendan kimdir şunçaki qarzdor bölgani uçun emas.  

Bu degani, seni heç kim hurmat qilişga majbur emas. Ba'zi odamlar esa senga yaxşi munosabatda bölmaydi. Lekin odamlar senga yaxşi munosabatda munosabatda bölişga majbur emasligini anglaşing bilan dilingga ozor berişi mumkin bölgan odamlar bilan muloqot qilişdan qoçişni örganasan. Ha, sen ham öz navbatida, ulardan qarzdor emassan.  

Yana öşa gap: Heç kim sendan qarzdor emas. 

Sen faqat özing uçungina yaxşiroq bölib borişing kerak. Şunda boşqalar senga intiladi, seni qöllab-quvvatlaşni va sen bilan eng zarur narsalarni baham körişni xohlab qolişadi. Kim sen bilan bölişni istamasa, buning senga daxli yöq. Agar şuday holat sodir bölsa, şunçaki özing istagan munosabatlarni izla. Birovning muammosi senikiga aylanmasin.