Bolalik çoğimizdan kattalar doimo rost gapir, yolğon gapiriş yaxşi emas deb uqtirişadi. Meksika Milliy Universiteti, Finlandiyaning Aalto universiteti va Angliyadagi maşhur Oksford universiti mutaxassislaridan tarkib topgan guruh a'zolari kuzatuvlar natijasida, “yaxşilikni közlab yolğon gapiriş jamiyat uçun foydali”, degan xulosaga kelişdi.
Şunday vaziyatlar böladiki, işlatgan yolğonimiz yaxşilikka xizmat qiladi. Masalan, kunimiz yomon ötganiga qaramasdan buning aksini aytişimiz, yoki nizo kelib çiqmasligi uçun yolğon işlatiş jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan holat deb qaraymiz. Vaqt ötgani sari ba'zi insonlar mahoratli yolğonçiga aylanib borişadi, balki buning yaxşi taraflari ham bordir...
Mutaxassislarning izlanişlariga köra, yaxşilik yölida aytilgan yolğonlar faqatgina janjallar yoki xafagarçiliklarning oldini olibgina qolmasdan, jamiyat şakllanişidagi asosiy omillardan biridir.
Yana şu ma'lum böldiki, birovni tunaganlik yoki jarohatlaganlik töğrisidagi katta yolğonlar munosabatlarni barbod qilgan bölsa, kimnidir xotirjam qiliş uçun işlatilgan beozorgina yolğonlar aks natijalarni bergan: insonlarning özaro munosabatlari yanada yaxşilana borgan.






