Marketologlar va reklama beruvçilar mahsulot sotişdan köproq daromad oliş maqsadida xaridorlar bilan haqiqiy ruhiy uruş olib borişadi. Bu “uruş”da mağlubiyatga uçramaslik uçun esa quyidagilarga rioya qiliş lozim böladi.
1. Biroz tin oling

Magazin aylanayotganingizda hamyoningiz böşab qolmasligi uçun e'tiboringizni tortgan mahsulotni darhol sotib oliş istagiga taslim bölmang. Uning oldidan ötib keting va biroz vaqtdan söng qayting — bu sizga u haqiqatan ham yoqqanmi yoki şunçaki lahzalik istakmi, tuşunişingizga yordam beradi.
2. Röyxat tuzing va uni ikki marta tekşiring

Dökonlarda nima sotib olişni bilmay aylanib yuriş örniga özingizga kerakli mahsulotlar röyxatini tuzing va sarflaşingiz mumkin bölgan pulni hisoblab çiqing. “Maqsad aniq bölsa, faoliyat samarali böladi”, — deydi Denver universitetining marketing kafedrasi professori Ali Beşarat. “Tadqiqotlarga qaraganda, dökonga borişdan oldin oladigan narsalarining röyxatini tuzib olgan odamlar röyxat tuzmaganlarga nisbatan 30 foiz kamroq xarajat qiladilar”, deya qöşimça qiladi professor.
3. Közlaringizga işonmang

Dökonlarda mahsulotlar quyidagi tartibda joylaştiriladi — narxi qimmat mahsulotlar örta tokçalarga qöyiladi, ularni çor tarafdan narxi arzonlaştirilgan mahsulotlar örab turadi. “Uçburçak muvozanat tamoyili” deb nomlanuvçi bu qoidaga köra, xaridor nigohi har doim markazga qaratiladi. Şuning uçun xaridor arzonlaşgan mahsulotlarni körib bölgaç qimmat mahsulotlarga diqqatini qaratadi va ularni sotib oladi.
4. Zaruriyat bölmasa, mahsulotga qöl tegizmang

Tadqiqotlarga qaraganda, mahsulotni uşlaş odamni uni sotib olişga undaydi. Qölingizda oddiy stakanni 20 soniyadan ortiqroq uşlab tursangiz, u mutlaqo kerak bölmasa ham sotib olgingiz keladi. Yangi smartfon qölingizga qanday qulay joylaşganini körgaç, uni qaytarib peştaxtaga qöygingiz kelmaydi. “Qölingizdagi buyumni özingiznikidek tasavvur qilgan paytingizdayoq siz xayolan unga pul tölaşga tayyor bölasiz”, — deb ta'kidlaydi Viskonsin universiteti qoşidagi biznes-maktabining marketing böyiça mutaxassisi Joan Pek.






