Otalik – har bir erkak uçun murakkab sinov, ayniqsa, qizi bor otalar uçun. Qiz farzandga alohida munosabat darkor. Quyidagi maslahatlarni uç nafar qiz farzandi bor ota yozgan.
1. Qizingiz gapirayotgan har bir sözga e'tibor qarating. Agar qizingiz sizga nimanidir aytyaptimi, demak, bu muhim.
2. Qizingizga tez-tez uning judayam çiroyli ekanligini aytib turing.
3. Qizingiz uçun onalik qilişga urinmang, sizning vazifangiz boşqa.
4. Qizingizga heç qaçon baqirmang, agar baqirib yuborsangiz, undan keçirim söraşdan uyalmang.
5. Agar qizingiz yangi öyinçoq olib berişingizni sörasa, bir neçta eski öyinçoqlarini boşqalarga sovğa qilişini taklif eting.

6. Har bir qizaloqqa malikalardek munosabatda böliş darkor.
8. Qizingizni tez-tez bağringizga bosib turing.
9. Qizingiz işingizga yordam bermoqçi bölsa, unga tösqinlik qilmang. Keyinçalik buning foydasini körasiz.
10. Doimo birgalikda bajaradigan biror işingiz, masalan, kartoşka arçiş bölsin.
11. Qizingiz doimo sizning himoyangizda ekanligini bilib tursin. U har doim qiyin damlarda faqatgina sizga suyanadi.
12. Şifokor va hamşiralarni hurmat qiling. Hayoti davomida ularga qizingizning bir neça marta işi tuşadi.

13. Har bir qizaloq otasi bilan sayrga çiqişga haqli.
14. Qizingizga heç qaçon onasi nohaq ekanligini aytmang. Ikkalangiz ham nohaqsiz. Qars ikki qöldan çiqadi.
15. Ba'zan qizingiz yiğlasa qörqib ketmang. Aybdorlarni qidirişga yoki uni yupatişga şoşilmang. Unga yiğlab olişiga imkon bering.

16. Qizingizning ba'zida şöxlik qilişiga, yugurib sakraşiga imkon bering.







