Madridning “Real” hujumçisi Kriştianu Ronaldu jamoa rahbariyatiga boş murabbiy Rafael Benitesni böşatib yuboriş çaqiriği bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport naşri.
Yulduzli öyinçi va boş murabbiy örtasidagi munosabatlarni havas qilsa arzigudek deb bölmaydi. OAVlarda bir neça bor ular orasidagi mojarolar haqida ma'lumotlar paydo bölgan. Xususan, ispan OAVlari Ronaldu va Benites umuman bir-birlari bilan gaplaşmasliklarini tasdiqlagan edi.
Ötgan haftada Kriştianuning jamoa prezidenti Florentino Peres bilan Benites xususida suhbati bölib ötgani haqida ma'lumot paydo bölgan edi. Ronaldu Peresga “Benitesdek murabbiy bilan “Real” heç narsa yuta olmaydi” deb aytgan.
21 noyabrdagi “Barselona” bilan uçraşuvdan keyin “qaymoq ranglilar” 0:4 hisobida yirik mağlubiyatga uçraganlaridan keyin portugaliyalik superyulduz Peresga “Yoki men, yoki Benites!” deb masalani dangal qöydi.






