Tibbiyot xodimlari qişda, albatta, yeyilişi lozim bölgan höl mevalar haqida ma'lumot berişdi. Quyida keltirilgan darmondori manbalarining kasalliklardan saqlaniş va immunitetni oşirişdagi örni beqiyosdir.
1. Xurmo

Uning töq sariq rangi tarkibidagi köp miqdordagi beta-karotindan darak berib turibdi. Bu modda A vitamini hosilasi bölib, köriş qobiliyatini yaxşilaydi, öpka va bronxlardagi hujayralar işini faollaştiradi.
Yötalni yumşatiş uçun xurmoli sutli kokteyl (blenderga bir stakan sut va tozalangan xurmoni solib aralaştiriladi) iste'mol qiling.
Şuningdek, xurmo nikotin kislotasi (RR vitamini)ga boy bölib, u çarçoqni yöqotadi, depressiyaga qarşi kuraşuvçi tabiiy garmon serotonin işlab çiqarilişida iştirok etadi.
Undagi ösimlik şakari yurak uçun koni foyda bölib, qomatga yomon ta'sir körsatmaydi. Myunxen universiteti olimlari har kuni 1-2 dona xurmo yeyiş gipertoniyaning boşlanğiç pallasida heç qanday dori-darmonsiz qon bosimini me'yorlaştirişini ta'kidlaşmoqda.
2. Qişki olmalar

Sovuqqa çidamli olma va limon kislotasi modda almaşinuviga ta'sir körsatadi. Sovuq kunlari ertalab bir bölak antonovka (olma navi) solingan çoy içilsa, organizm tezroq uyğonadi. Bu olma me'da va içak faoliyatini ham yaxşilaydi.
Qişki olmalar tarkibida köp miqdorda yod ham saqlanadi. 5-6 olma mevasi bu elementga bölgan kunlik zaruratni qoplaydi. Sovuqqa nisbatan sezuvçanlik oşişi qalqonsimon bez faoliyatida muammolar borligi, mana şu mikroelement yetişmayotganining alomatidir.
Antonovka qişki vitaminlar yetişmasligi (avitaminoz)da ham qöllaniladi. Qahratonda boşqa meva va sabzavotlarda vitaminlar körsatkiçi 30-40 foizgaça tuşib ketganda ham, mazkur olma navi S vitaminining 90 foizini saqlaydi.
3. Anor

Kuniga bitta anor yeyiş yoki bir stakan anor şarbatini içiş infeksion kasalliklardan keyin qonni tozalaşning eng a'lo usuli hisoblanadi. U özida qizil qon tanaçalari — eritrotsitlar işlab çiqarilişini stimullaştiruvçi fermentlarni saqlaydi.








