FIFA prezidenti Yozef Blatterning ma'lum qilişiça, u UYeFA rahbari Mişel Platinini halol odam deb biladi. U RTS televideniyesiga bergan intervyusida şu haqda aytib ötgan.

90 kunga futboldan çetlatilgan Blatterning aytişiça, JÇ-2014 musobaqasidan keyin öz lavozimidan ketişi kerak edi.

Blatter Platiniga qöllangan sanksiyalarning bekor qilinişiga umid bildirgan. U FIFAning yangi prezidenti aynan Platini bölişi kerak deb hisoblamoqda.

"Platini - rostgöy odam. Umid qilamanki, unga nisbatan qöyilgan çeklovlar olib taşlanadi. Mendan ham.

U FIFA prezidenti bölişga eng loyiq nomzodmi? Ha.

Özimga kelsak: Braziliyada ötgan JÇdan keyin ketişim kerak edi. Men bu işni qilmaganimdan juda afsusdaman.

Endi bölsa özimga özim aytaman: "Yozef, sen yaxşi işlarni qilding, ammo hozir yoşing ham bir joyga borib qoldi. Endi töxta", - deydi u.

Ötgan haftada FIFA Blatter va Platinining 90 kunga futboldan çetlatilişiga qarşi apellyatsion murojaat bilan çiqişini inobatga olmagandi.

Eslatib ötamiz, Blatter va Platini deklaratsiya töldirmagan holda, oğzaki kelişuvga asosan 2 million şveysariya franki miqdorida mablağni Platini hisobiga ötkazib berişda ayblanib, sentabr oyi oxirida yuqorida qayd etilgan jazoga tortilgandi.

20 noyabr kuni Platini özining futboldan çetlaştirilgani böyiça Lozannadagi Sport arbitraj sudiga şikoyat bilan çiqdi.