22 noyabr kuni Ukraina hududida elektr tarmoğida sodir etilgan portlaş natijasida Qrim yarimoroli elektr ta'minotisiz qolgan edi. Şu munosabat bilan hududda favqulodda holat e'lon qilindi.
Bir kun içida avariyaviy ta'minot manbalari evaziga Qrimda elektr tokiga bölgan talab qisman qondirildi.
23 noyabr kuni Qrimda dam oliş kuni deb e'lon qilindi. Davlat hukumat va mahalliy öz-özini boşqariş organlari xodimlari, xavfsizlikni ta'minlaş mahkamalari uçungina istisno tariqasida iş kuni deb e'lon qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa kun davomida çiroqsiz qolgan Qrim hayoti tasvirlangan yuzlab suratlar e'lon qilindi.


















