Kognitiv buziliş — bu odamning fikrlaridagi xatolar, öziga xos mantiqiy tuzoqdir. Ma'lum vaziyatlarda andozalar asosida harakat qilişga moyilikmiz, garçi soğlom fikrlaşdan taşqariga çiqib ketayotganimizni his qilsak ham. Bu tuzoqlar bizni xolis fikrlaşdan yiroqlaştiradi.
Nazorat illyuziyasi
Odamlar özlarining yaxşilik bilan tugaşidan manfaatdor bölgan voqealarga ta'sirlarini yuqori baholab yuborişadi. Bu holatni 1975 yilda amerikalik ruhşunos Ellen Langer lotereya çiptalari bilan tajriba qilayotganda aniqlagan. Tajriba qatnaşçilarini ikki guruhga bölişgan: birinçi guruhdagilar lotereya çiptalarini özlari tanlaşgan, ikkinçi guruhdagilarga esa tanlaş imkonisiz tarqatilgan. Öyinga ikki kun qolganda, ikkala guruh qatnaşçilariga öz çiptasini boşqasiga — yutuq çiqiş ehtimoli köproq bölgan yangi lotereyaga almaştirişni taklif qilişdi. Taklif foydali edi, lekin çiptani özlari tanlagan qatnaşçilar uni almaştirişga şoşilişmadi — göyo ular tanlagan çipta yutuq çiqiş ehtimoliga ta'sir qilişi mumkindek.
Zarraça ham qaltislik bölmasligini ma'qul köriş
Tasavvur qiling, sizda kiçkinagina qaltislikni nolgaça tuşiriş yoki katta xavfni ançagina kamaytiriş imkoni bor. Masalan, aviahalokatni butunlay nol darajaga tuşiriş yoki avtomobil falokatlari sonini ança kamaytiriş imkoni bor. Qaysi birini tanlagan bölardingiz?
Uşbu statistikadan kelib çiqilsa, ikkinçi variantni tanlaş töğri bölardi: aviahalokatlar oqibatidagi ölimlar avtomobil halokatlarinikidan ança kam: natijasida siz köproq odamlarning hayotini asrab qolasiz. Şunga qaramay, tadqiqotlardan ma'lum bölişiça, köpçilik birinçi variantni tanlaydi: nol daraja xavf biroz taskin beradi, garçi aviahalokat qurboni böliş xavfi juda kam bölsa ham.
Selektiv idrok qiliş
Deylik, siz GMOga işonmaysiz. Agar bu mavzu sizni juda qiziqtirsa, hoynahoy, bu haqdagi yangiliklarni va maqolalarni öqiysiz. Öqib, haqligingizga tobora işona boşlaysiz. Biroq siz GMOni yoqlaydigan jihatlardan köra, qaraşlaringizni mustahkamlaydigan yangiliklarga haddan ortiq e'tibor berasiz. Demak, xolislikni yöqotasiz. Odamlarning özlari kutgan axborotga köp e'tibor berib, qolganiga parvo qilmasligi selektiv idrok qiliş deyiladi.
Omon qolganning doimiy xatosi
Bu mantiqiy tuzoqni Ikkinçi jahon uruşida tuşişgan, biroq unga tinç davrda ham tuşiş mumkin. Uruş vaqtida AQŞ harbiy rahbariyati bombardimonlardan söng yöqotişlar sonini kamaytirişga qaror qilib, jang natijalariga qarab samolyotlarning qaysi qismlarini mustahkamlaş kerakligini aniqlaşni buyurdi. Qaytgan samolyotlarni örganib, dum va qanotlarda köplab yoriqlarni topişdi. Şu qismlarni mustahkamlaşga qaror qilişdi. Bir qaraşda hammasi mantiqiy edi, lekin harbiylarga statistikaçi Abraxam Vald yordamga keldi. Vald ularga maş'um xatoga yöl qöyay deganlarini tuşuntirdi. Axir qaytib kelgan samolyotlardagi yoriqlar ularning kuçsiz emas, kuçli joylaridan darak beradi. Boşqa joylaridan, masalan, dvigatel yoki yoqilği bakidan “yaralangan” samolyotlar umuman jang maydonidan qaytmagan.






