Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdöğan turk harbiylari Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tuşirganini tasdiqladi. Bu haqda Bloomberg agentligining Turkiyadagi muxbiri Ferjan Yalinkilij öz tvitterida xabar qildi.
Mahkamaning oydinlik kiritişiça, samolyot Suriya hududi böylab uçib ötayotgan bölgan, biroq Anqara Su-24 Turkiya havo çegaralarini buzib ötganini iddao qilmoqda.
Samolyot Suriyaning Lataqiya provinsiyasida qulab tuşgan.
Avvalroq turk tomoni Rossiyani Suriyadagi harbiy amaliyotlar jarayonida Turkiya havo çegaralari buzilayotganidan ogohlantirgan edi.






